Om O¿zbekistonda Turizm infratuzilmasining rivojlanishi
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida dunyo mamlakatlarining ko¿pchiligi turizm infratuzilmasini rivojlantirish orqali o¿z milliy iqtisodiyotini taraqqiy ettirmoqda. XX asr insoniyat hayoti va faoliyati tarzu tarovatining hamma sohalariga ulkan o¿zgarishlarni olib keldi. Bu o¿zgarishlar fan va ilmiy tadqiqotlar, texnikani rivojlantirish, yangi materiallar, texnologiyalar yaratish va ishlab chiqarishni boshqarish sohalarida yorqin namoyon bo¿ldi. Bozor iqtisodiyoti barcha imkoniyatga daxldor hodisa bo¿lib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish yo¿lida muqarrar bosib o¿tiladigan bosqichdir. Bozor iqtisodiyotining chinakam oxirgi maqsadi avvalo, insonga munosib yashash sharoitlarini yaratish va respublikani madaniyat va taraqqiyot cho¿qqilariga olib chiqishdir. Bozor munosabatlariga o¿tish qaror topib kelayotgan yangi davlatchilik uchun jamiki resurslardan foydalanishni, xalq xo¿jaligining farovon turmush kechirayotgan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqishni täminlab beradigan qudratli iqtisodiy asos yaratib berishi kerak.
Visa mer